Oʻzgarishlar

API, tekshiruv sahifasi va paneldagi oʻzgarishlar. Eng yangisi birinchi; moslikni buzadigan oʻzgarishlar shu yerda oldindan eʼlon qilinadi.

  1. Yangi

    ID-karta: old va orqa tomon ma'lumotlari solishtiriladi

    ID-kartaning old tomonidagi hujjat raqami, JShShIR va tug'ilgan sana endi o'qiladi va orqa tomon ma'lumotlari bilan solishtiriladi. Aniq farq — DOC_DATA_MISMATCH (RED), bog'lab bo'lmasa — DOC_FACE_UNBOUND (ON_HOLD, hech qachon avtomatik GREEN emas).

    Yaxshilandi

    Direct API: ID-kartaning ikki tomoni bog'lanadi

    POST /v1/checks/document ham hosted oqim kabi old va orqa tomonni bog'laydi. OpenAPI'dagi RejectLabel ro'yxatiga DOC_FACE_UNBOUND va AML_NO_NAME qo'shildi.

    Yangi

    Panelda API so'rovlar jurnali

    Har bir API so'rovi 30 kun davomida ko'rinadi: metod, yo'l, javob kodi, davomiyligi va kalit. X-Request-Id (req_…) bo'yicha qidiring — integratsiya xatosini qo'llab-quvvatlashsiz topasiz. So'rov va javob tanasi saqlanmaydi.

    Yangi

    Audit jurnali: filtr, CSV eksport va zanjirni tekshirish

    Egasi va administratorlar panelda kim, qachon va nima qilganini ko'radi. Yozuvlar hash zanjiri bilan bog'langan: bir tugma bilan zanjir buzilmaganini tekshirish va auditor uchun CSV yuklab olish mumkin.

    Xavfsizlik

    Xizmatlararo imzo v2 va qattiqroq himoya

    Platforma qismlari orasidagi har bir so'rov endi metod, yo'l va tanani qamraydigan imzo v2 bilan, har yo'nalish o'z kaliti bilan imzolanadi va takror yuborish rad etiladi. Panel qat'iy Content-Security-Policy va HSTS bilan ishlaydi, sessiya 12 soatdan keyin yopiladi.

    Yaxshilandi

    Webhooklar navbat orqali, endpointlar orasida adolatli

    Qayta urinishlar navbatga endpoint bo'yicha adolatli qo'yiladi: bitta sekin endpoint boshqalarini kutdirmaydi. Webhook manzili ichki va xususiy tarmoqlarga yo'naltirilsa, rad etiladi.

    Yaxshilandi

    Rasm hajmi chegaralari va limitni qaytarish

    Hujjat rasmi ≤ 52 MP, selfi kadri ≤ 13 MP, so'rov tanasi ≤ 32 MB; oshsa 422 image_too_large yoki 413 file_too_large. Natija bermagan yoki muddati o'tgan sessiya oylik limitdan ayirilmaydi — band qilingan tekshiruv qaytariladi.

  2. Yangi

    Direct API: hujjat, selfi mosligi va shaxs ishtiroki alohida

    Hosted oqimsiz, o'z ilovangizdan POST /v1/checks/document, /face-match va /liveness ni sk_ kalit bilan chaqiring. Sandbox kalitlarida natija mock qilinadi va limitga kirmaydi.

    Yangi

    Kuchaytirilgan shaxs ishtiroki tekshiruvi va hujjat bo'yicha dublikat

    Shaxs ishtiroki tekshiruvi kuchaytirildi; noaniq natija faqat LIVENESS_UNCERTAIN (ON_HOLD) beradi, hech qachon RED emas. Yoqilsa, bir hujjat bilan ikkinchi arizachi DUPLICATE oladi.

    Yangi

    Sanksiya skriningi API'si

    POST /api/v1/aml/screen ismni (va ixtiyoriy tug'ilgan sanani) OFAC SDN, BMT va Buyuk Britaniya ro'yxatlaridan qidiradi. Ro'yxatlar har kuni yangilanadi.

    Yangi

    kyc.js, QR orqali telefonga o'tish va yangi webhook hodisalari

    Oqimni saytingizga kyc.js (0,7 KB) bilan joylang. Kompyuterda oqim QR ko'rsatadi va telefonda davom etadi. Yangi hodisalar: session.started va verification.submitted.

    Yangi

    Ommaviy API hujjati va OpenAPI 3.1

    To'liq API hujjati endi ochiq, xom spec'ni yuklab olib o'z mijozingizni generatsiya qilishingiz mumkin. Jamoa a'zolarini rollar bilan taklif qilish ham qo'shildi.

API shartnomasining eng soʻnggi holati doim OpenAPI fayli va Postman toʻplamida. OpenAPI · Postman toʻplami

Oyiga 100 ta bepul tekshiruv bilan boshlang

Karta kerak emas, shartnoma onlayn — tasdiqlash 1 daqiqa. Hisob oching, sinov kalitini oling va birinchi tekshiruvni bugunoq oʻtkazing.