Arizachilar
Arizachi — siz tekshirayotgan odam. Har bir foydalanuvchi uchun POST /applicants bilan bittadan yarating va uning id sini foydalanuvchingiz yonida saqlang.
| Maydon | Izoh |
|---|---|
external_id |
Majburiy. Sizdagi foydalanuvchi ID si: 100 tagacha bosma ASCII belgi, har bir muhitda yagona (takrori 409 conflict qaytaradi) |
flow |
Senariy kaliti, sukut boʻyicha basic-kyc. Notanish kalit 422 unprocessable qaytaradi |
locale |
uz, ru yoki en (sukut boʻyicha uz). Hosted senariy tili |
purpose |
Ixtiyoriy, 200 belgigacha. Shu arizachi sessiyalari uchun tekshiruvning sukut boʻyicha maqsadi; u dalolatnomada koʻrinadi |
metadata |
Ixtiyoriy. 20 tagacha satr kalit va satr qiymat (har biri 200 belgigacha). Shaxsiy maʼlumot boʻlmasin |
email va phone hozircha qabul qilinmaydi: boʻsh boʻlmagan qiymat 400 validation_failed qaytaradi.
Arizachining status i quyidagilardan biri:
status |
Maʼnosi |
|---|---|
init |
Yangi, qayta tiklangandan keyin yoki decision_type: retry bilan RED dan keyin. Sessiya yaratish mumkin |
on_hold |
Oxirgi tekshiruv qoʻlda koʻrib chiqishni kutmoqda |
completed |
Yakuniy qaror bor (GREEN yoki final bilan RED) |
Arizachida oxirgi decision, risk_score, last_verification_id va valid_until ham bor. Arizachilarni GET /applicants bilan toping (filtrlar: external_id, status, decision, flow, created_from, created_to; kursorli sahifalash). Urinishlar tarixi — GET /applicants/{id}/verifications da.
Sessiyalar
Sessiya — bitta urinish. Uni POST /applicants/{id}/sessions bilan yarating:
{
"redirect_url": "https://shop.example/kyc/done",
"expires_in": 1800,
"locale": "en",
"purpose": "Account opening"
}
| Maydon | Izoh |
|---|---|
redirect_url |
Ixtiyoriy, faqat https://. Natijadan keyin hosted sahifa shu manzilga «Xizmatga qaytish» tugmasini koʻrsatadi (veb-embed da koʻrsatilmaydi) |
expires_in |
60–1800 soniya, sukut boʻyicha 1800 |
locale |
Sukut boʻyicha arizachining tili |
purpose |
Ixtiyoriy. Sukut boʻyicha arizachining maqsadi, u boʻlmasa biznes profilingizdagi sukut boʻyicha maqsad |
contract |
Ixtiyoriy. { "sha256": "<64 hex>", "reference": "DOG-2026/17" } tekshiruvni mijoz bilan tuzgan shartnomangizga bogʻlaydi. Faqat xesh yuboriladi va saqlanadi; u dalolatnomada koʻrinadi |
Javobda url (hosted senariy, https://kyc.goxost.net/v/Xk7mQ2pL9aR4wTb8 kabi qisqa havola), token (kyc.js va Flutter SDK uchun) va expires_at bor.
Qoidalar:
- Sessiyani faqat arizachi
initholatida boʻlganda yaratish mumkin; aks holda409 conflict— avval arizachini qayta tiklang. - Arizachida bitta faol sessiya boʻladi. Yangisini yaratish oldingisining muddatini tugatadi.
- Sessiya bir martalik. Topshirilgan, muddati oʻtgan yoki tashlab ketilgan sessiya havolasi
410qaytaradi, SDK lar esa xato koʻrsatadi; yangi urinish uchun yangi sessiya yarating. - Hosted sahifa tili avval URL dagi
?lang=dan, keyin sessiyalocalesidan, soʻng brauzer tilidan olinadi. - Ishchi rejimda sessiya yaratish oylik limitingizdan bitta birlikni band qiladi (tugaganda
429 plan_limit_reached). Sessiya topshirilmay muddati oʻtsa yoki almashtirilsa, band qilingan birlik qaytariladi.
Sessiyani GET /sessions/{id} bilan kuzating: status — created, started, submitted, processed, expired yoki abandoned, steps_done esa bajarilgan qadamlar roʻyxati.
Foydalanuvchi nimani koʻradi
- Telefonga oʻtish (faqat kompyuterda). Sensorli ekrani boʻlmagan kompyuterda senariy avval telefonda davom etish uchun QR kod taklif qiladi. Kompyuter oynasi telefonni kuzatib boradi va natijani ham koʻrsatadi.
- Rozilik. Foydalanuvchi maʼlumotlari, jumladan selfi uchun biometrik maʼlumotlari qayta ishlanishiga rozilik beradi. Rozilik vaqti dalolatnomaga yoziladi.
- Hujjat. Foydalanuvchi hujjatni suratga oladi — pasportning surat sahifasini yoki ID kartaning old va orqa tomonini. Yaroqsiz suratlar shu zahoti maslahat bilan rad etiladi, shunda foydalanuvchi ularni qayta suratga oladi.
- Selfi. Foydalanuvchi ekrandagi koʻrsatmalarga amal qilib qisqa selfi tushadi. Bu qadam tekshiruvda haqiqiy shaxs ishtirok etayotganini ham tasdiqlaydi.
- Qayta ishlash va natija. Tekshiruvlar ishlaydi va foydalanuvchi natijani koʻradi. Kechikkan natija «koʻrib chiqilmoqda» deb koʻrsatiladi.
Hosted sahifa, veb-embed va Flutter SDK bir xil qadamlarni koʻrsatadi, pastida «Powered by» belgisi bor. Senariyda hujjatning elektron tekshiruvi yoqilgan boʻlsa, Flutter SDK suratlardan keyin uni ham bajaradi.
Foydalanuvchi rozilik berganda session.started, barcha qadamlar tugaganda verification.submitted webhookini olasiz.
Qarorlar
Tekshiruvlar tugagach, tekshiruv (ver_…) yaratiladi va siz verification.completed (GREEN yoki RED) yoki verification.on_hold olasiz. Toʻliq natijani GET /verifications/{id} bilan oʻqing.
decision |
decision_type |
Keyin arizachi status i |
Nima qilish kerak |
|---|---|---|---|
GREEN |
null |
completed |
Foydalanuvchini tasdiqlangan deb belgilang |
RED |
retry |
init |
Foydalanuvchiga nima notoʻgʻri boʻlganini ayting va yangi sessiya yarating |
RED |
final |
completed |
Tasdiqlamang; yangi urinish uchun qayta tiklash kerak |
ON_HOLD |
null |
on_hold |
verification.reviewed ni kuting |
Natijada yana quyidagilar bor:
reject_labels— nima uchunREDyokiON_HOLDekani (quyidagi jadval);checks— har bir tekshiruv uchun bitta yozuv (document,face_match,liveness, yoqilgan boʻlsaaml,duplicate,age, shuningdekdoc_fraudvachip), har biridastatus(pass,warn,failyokierror),scorevalabels;document— turi, davlati va hujjat maʼlumotlari (document.data);risk_score—0dan1gacha;valid_until—GREENnatija 2 yil amal qiladi. Muddat tugashidan 30 kun oldin va tugagandaapplicant.reverification_dueolasiz.
Qarorni faqat backendingizda qabul qiling. kyc.js callbacklaridagi yoki Flutter SDK dagi natija foydalanuvchi tajribasi uchun — qarorni webhook yoki GET /verifications/{id} dan oʻqing.
stale: true arizachi qayta tiklangan yoki oʻchirilgan, yoxud yangiroq sessiya ochilganidan keyin kelgan natijani bildiradi. U tarixda qoladi, lekin arizachini oʻzgartirmaydi va webhook yubormaydi.
Rad etish belgilari
| Belgi | Turi | Maʼnosi |
|---|---|---|
BAD_QUALITY |
retry | Surat sifati tekshiruv uchun yetarli emas — qayta suratga oling |
DOC_NOT_SUPPORTED |
retry | Hujjat turi yoki davlati senariyda ruxsat etilmagan |
MRZ_NOT_READABLE |
retry | Hujjat maʼlumotlarini oʻqib boʻlmadi — qayta suratga oling |
MRZ_INVALID |
final | Hujjat maʼlumotlari yaroqsiz |
MRZ_LOW_CONFIDENCE |
review | Hujjat maʼlumotlari oʻqildi, lekin ishonchli emas — odam koʻrib chiqadi |
DOC_DATA_MISMATCH |
final | Hujjatdagi maʼlumotlar bir-biriga mos kelmaydi yoki yuklangan tomonlar turli hujjatlarga tegishli |
DOC_EXPIRED |
retry | Hujjat muddati oʻtgan |
DOC_RECAPTURE |
retry | Hujjat surati haqiqiylik tekshiruvidan oʻtmadi — asl hujjatni qayta suratga oling. Sukut boʻyicha oʻchiq |
DOC_SCREEN_RECAPTURE |
review | Hujjat surati haqiqiylik tekshiruvidan oʻtmadi — odam koʻrib chiqadi |
DOC_PRINTED_COPY |
review | Hujjat asl nusxa boʻlmasligi mumkin — odam koʻrib chiqadi |
DOC_PHOTO_TAMPERED |
review | Hujjatdagi surat haqiqiylik tekshiruvidan oʻtmadi — odam koʻrib chiqadi |
DOC_TEMPLATE_MISMATCH |
review | Hujjat oʻzgartirilganga oʻxshaydi — odam koʻrib chiqadi |
DOC_FORGED |
final | Qalbakilik belgilari |
DOC_REVIEW_REQUIRED |
review | Doim odam koʻrib chiqadigan hujjat turi |
DOC_FACE_UNBOUND |
review | Hujjat tomonlari bitta hujjatga tegishli ekanini tasdiqlab boʻlmadi |
PERSONAL_NUMBER_INVALID |
review | Milliy shaxsiy raqam yaroqsiz yoki hujjatning boshqa maʼlumotlariga mos emas |
UNDERAGE |
final | Senariydagi eng kichik yoshdan kichik |
AGE_UNKNOWN |
review | «Faqat yosh» senariysi: tugʻilgan sanani oʻqib boʻlmadi |
FACE_NOT_FOUND |
retry | Selfida yoki hujjatda yuz topilmadi |
FACE_MISMATCH |
final | Selfi va hujjatdagi surat — boshqa-boshqa odamlar |
FACE_MATCH_UNCERTAIN |
review | Selfi va hujjat mosligi aniq emas — odam koʻrib chiqadi |
LIVENESS_FAILED |
retry | Selfi bosqichi yakunlanmadi yoki vaqt tugadi |
LIVENESS_UNCERTAIN |
review | Shaxs ishtirokini tekshirish natijasi aniq emas — odam koʻrib chiqadi |
LIVENESS_SPOOF |
final | Shaxs ishtirokini tekshirishdan oʻtmadi: tekshiruvda haqiqiy shaxs ishtirok etmadi |
SANCTIONS_MATCH |
final | Sanksiya roʻyxatida topildi: juda yaqin ism va aynan bir xil tugʻilgan sana |
SANCTIONS_POSSIBLE |
review | Ehtimoliy sanksiya mosligi (yaqin ism, tugʻilgan sana oraliqda yoki nomaʼlum) |
PEP_MATCH |
review | Siyosiy taʼsirga ega shaxs |
AML_NO_NAME |
review | AML yoqilgan, lekin hujjatdan ism oʻqilmadi |
DUPLICATE |
final | Bu hujjat raqami hisobingizdagi boshqa arizachida allaqachon ishlatilgan |
CHIP_HASH_MISMATCH |
final | Hujjatning elektron tekshiruvi oʻtmadi |
CHIP_SIGNATURE_INVALID |
final | Hujjatning elektron tekshiruvi oʻtmadi |
CHIP_MRZ_MISMATCH |
final | Elektron maʼlumotlar suratga olingan hujjatga mos emas |
CHIP_CHAIN_UNVERIFIED |
review | Hujjatni bergan davlat uchun elektron tekshiruvni yakunlab boʻlmadi — odam koʻrib chiqadi |
CHIP_CLONE_SUSPECTED |
review | Hujjatning elektron tekshiruvi aniq natija bermadi — odam koʻrib chiqadi |
CHIP_NOT_READ |
review | Senariy hujjatning elektron tekshiruvini talab qiladi, lekin u bajarilmadi |
CHECK_UNAVAILABLE |
review | Tekshiruvlardan biri ishlay olmadi (xizmat mavjud emas edi) |
REVIEW_EXPIRED |
retry | ON_HOLD natija oʻz vaqtida koʻrib chiqilmadi va tizim uni bekor qildi |
MAX_ATTEMPTS |
final | Urinishlar tugadi |
retry turidagi belgilar RED + retry bilan, final turidagilar RED + final bilan keladi, review turidagilar esa ON_HOLD ga olib keladi. Yangi belgilar qoʻshilishi mumkin: notanish belgini ON_HOLD kabi ishlang va umumiy xabar koʻrsating.
Qoʻlda koʻrib chiqish
ON_HOLD qarorni odam qabul qilishi kerakligini bildiradi. Koʻrib chiqish mumkin:
- panelda — koʻrib chiqish navbatini oching, hujjat va yuz rasmlariga qarang va qaror qiling; yoki
- API orqali —
POST /verifications/{id}/review:
{ "decision": "GREEN", "comment": "manual check ok" }
{ "decision": "RED", "decision_type": "final", "reject_labels": ["DOC_FORGED"] }
- Faqat arizachining oxirgi
ON_HOLDtekshiruvini koʻrib chiqish mumkin. Allaqachon hal qilingan, eskirgan yokistaletekshiruv409 conflictqaytaradi; panelda boshqa tekshiruvchi ochib turgan tekshiruv ham shunday. REDuchundecision_typeva kamida bitta belgi kerak.REVIEW_EXPIREDni tanlab boʻlmaydi.commentsaqlanmaydi.- Koʻrib chiqishdan keyin yangi qaror bilan
verification.reviewedolasiz. - Hisobingizda toʻrt koʻz qoidasi yoqilgan boʻlsa (panel → Sozlamalar → Koʻrib chiqish), API dan kelgan
RED202 Acceptedqaytaradi va boshqa odam uni panelda tasdiqlamagunchaON_HOLDboʻlib qoladi.GREENga bu taʼsir qilmaydi.
Har bir ON_HOLD natijada review_deadline_at bor — qarordan 7 kun keyin. verification.review_reminder ni darhol, soʻng muddat tugashiga 2 kun va 24 soat qolganda olasiz. Hech kim oʻz vaqtida qaror qilmasa, tekshiruv REVIEW_EXPIRED bilan RED + retry ga aylanadi va siz verification.reviewed olasiz.
Qayta tiklash va qayta urinish
RED+retrydan keyin arizachi avtomatikinitga qaytadi. Yangi sessiya yarating va foydalanuvchini senariydan yana oʻtkazing.GREEN,RED+finalyoki qotib qolgan urinishdan keyin qayta tekshirish uchunPOST /applicants/{id}/resetni chaqiring. Holatinitboʻladi,decision,risk_scorevalast_verification_idtozalanadi, ochiq sessiyalarabandonedboʻladi. TarixGET /applicants/{id}/verificationsda qoladi. Sizapplicant.resetolasiz.- Bitta sessiya ichida urinishlar soni cheklangan (20 ta hujjat yuklash, 10 ta selfi urinishi, 5 ta selfi yuklash). Ular tugaganda yangi sessiya yarating.
- Arizachini va uning maʼlumotlarini oʻchirish uchun
DELETE /applicants/{id}ni chaqiring. Udeletion_scheduledbilan202qaytaradi,applicant.deletedyuboradi, shundan keyin arizachi404qaytaradi.
Senariylar
Senariy — tekshiruv sozlamasi: qaysi qadamlar va tekshiruvlar ishlashi hamda qaysi hujjatlar qabul qilinishi. Har bir hisobda basic-kyc senariysi bor; arizachi yaratishda flow da boshqa senariy kalitini bering.
Senariylarni panelda (Sozlamalar) tahrirlang: tekshiruvlar (aml, duplicate, age_only), hujjatning elektron tekshiruvi (off, optional, required, faqat mobil SDK) va maʼlumotlarni saqlash muddati. Har bir oʻzgarish senariyning yangi versiyasini yaratadi. Sessiya yaratilgan paytdagi senariy versiyasidan foydalanadi, shuning uchun oʻzgarishlar davom etayotgan sessiyalarga hech qachon taʼsir qilmaydi.
Qaror qoidalari, eng kichik yosh va qabul qilinadigan hujjat turlari hamda davlatlar roʻyxatini GOXOST KYC barcha hisoblar uchun belgilaydi, ularni alohida hisob uchun oʻzgartirib boʻlmaydi.
Senariylarni GET /flows va GET /flows/{key} bilan oʻqing. Qaysi davlatda qaysi hujjatlar qoʻllab-quvvatlanishi ochiq GET /documents/catalog da.